UMUMIY O'RTA TA'LIMDA KASBIY TAFAKKUR TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MAZMUNI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda kasbiy tafakkurni shakllantirish masalasining pedagogik mazmuni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv sharoitida raqobatbardosh, mustaqil fikrlay oladigan va kelajak kasbini ongli tanlaydigan shaxslarni tayyorlash ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli kasbiy tafakkur o‘quvchilarning shaxsiy rivoji, kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda mehnat bozoriga moslashuvida muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada kasbiy tafakkur tushunchasining pedagogik mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda umumiy o‘rta ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim, kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida o‘quvchilarda kasbiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.



