POLIPLI RINOSINUSITDA 2-TIP YALLIG'LANISHNING O'RNI
收藏资源简介:
Poliplı rinosinusit (PRS) burun bo'shlig'i va paranazal bo'shliqlar shilliq qavatining surunkali yallig'lanish kasalligi bo'lib, populyatsiyaning taxminan 2–4% ida uchraydi. So'nggi yillarda o'tkazilgan immunologik tadqiqotlar PRSning ko'pchilik holatlarida patogenezning markazida 2-tip yallig'lanish (Type 2 inflammation) yotishini ko'rsatdi. Ushbu jarayon Th2-limfotsitlar va 2-tip tug'ma limfoid hujayralar (ILC2) tomonidan ishlab chiqariladigan IL-4, IL-5 va IL-13 sitokinlari, shuningdek eozinofillar, tuchan hujayralar va IgE bilan bog'liq mexanizmlar orqali amalga oshadi. Maqolada 2-tip yallig'lanishning molekulyar mexanizmlari, uning nazal poliplar shakllanishidagi roli, klinik ko'rinishlarga ta'siri (astma va aspirin intoleransligi bilan uyg'unlashuvi — AERD/Samter triadasi), hamda biologik terapiya (dupilumab, mepolizumab, omalizumab) samaradorligi tahlil qilingan. Xulosa qilib aytganda, 2-tip yallig'lanish endotipini aniqlash zamonaviy shaxsiylashtirilgan davolash strategiyasini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



