PYTHON DASTURLASH TILINI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Python dasturlash tilini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt (SI) vositalaridan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellektga asoslangan platformalar va dasturiy vositalar o‘quvchilarning dasturlash kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadqiqot davomida Python dasturlash tilini o‘rganishda ChatGPT, GitHub Copilot, Google Gemini, Claude AI va boshqa SI vositalarining imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonining afzalliklari, mavjud muammolari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalari Python dasturlash ta’limida SI vositalaridan foydalanish o‘quvchilarning algoritmik tafakkuri, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari va mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishini ko‘rsatdi.



