FIZIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PISA TIPIDAGI KONTEKSTLI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
收藏Zenodo2026-04-04 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.19420561
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada fizika ta’limi jarayonida o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirishda PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturi talablariga mos keluvchi kontekstli masalalardan foydalanishning metodik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda nazariy fizik bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan real muammolarni hal qilishga yo‘naltirish, ularda tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Maqolada an’anaviy akademik masalalar va PISA tipidagi kontekstli topshiriqlarning o‘zaro farqlari, shuningdek, bunday topshiriqlarni dars jarayoniga integratsiya qilishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan.
Muallif tomonidan fizik hodisalarni hayotiy ssenariylar (ekologiya, sog‘liqni saqlash, texnika va resurslardan oqilona foydalanish) orqali taqdim etish metodikasi taklif etilgan. Tadqiqot davomida kontekstli masalalarning o‘quvchilar tomonidan axborotni talqin qilish, ilmiy dalillar keltirish va kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan didaktik yondashuv o‘quvchini passiv bilim oluvchidan faol tadqiqotchiga aylantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, fizikadan kontekstli masalalar bankini yaratish va ularni darsning turli bosqichlarida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ishning amaliy ahamiyati shundaki, unda taqdim etilgan metodika o‘quvchilarning nafaqat xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishishiga, balki ularning tabiiy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga ham yordam beradi. Xulosa qismida kontekstli masalalar fizikani hayot bilan bog‘lovchi asosiy didaktik ko‘prik ekanligi va ta’lim sifatini baholashning zamonaviy talablariga to‘la mos kelishi asoslab berilgan.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-04



