XAVOTIR (TREVOJNOST)NING UYQU SIFATIGA TA'SIRI: PSIXOLOGIK TAHLIL
收藏资源简介:
Mazkur maqolada xavotir (trevozhnost) darajasining uyqu sifati bilan o‘zaro bog‘liqligi psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – shaxsda xavotirning emotsional, kognitiv va fiziologik komponentlari uyqu davomiyligi, uyquning chuqurligi hamda subyektiv uyqu sifati ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida standartlashtirilgan psixodiagnostik metodlar, jumladan, xavotir darajasini va uyqu sifatini baholashga qaratilgan so‘rovnomalar hamda statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar xavotir darajasi yuqori bo‘lgan shaxslarda uyqu buzilishlari, uyquga ketish qiyinligi va tez-tez uyg‘onish holatlari ko‘proq uchrashini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari xavotir va uyqu sifati o‘rtasida salbiy korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligini tasdiqlaydi. Ushbu ilmiy ish xavotir bilan bog‘liq uyqu buzilishlarining psixologik mexanizmlarini tushuntirish hamda psixoprofilaktik va psixokorreksion tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



