O'ZBEKISTON VA GERMANIYANING EKOLOGIK BARQARORLIK HAMDA "YASHIL" IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI TAJRIBASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada statistika tahlili, adabiyotlar tahlili va qiyoslash metodlariga tayangan holda O'zbekiston va Germaniyada ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda yashil iqtisodiyotga o'tish jarayonlari o'rganilgan. Tadqiqotda mamlakatlarning uglerod chiqindilari, qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari va resurs samaradorligi ko'rsatkichlari raqamli ma'lumotlar asosida solishtirildi. Ilmiy adabiyotlar va xalqaro hisobotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, Germaniyaning "Energiewende" strategiyasi institutsional mexanizmlar bo'yicha yetakchi bo'lsa, O'zbekiston Markaziy Osiyoda yashil investitsiyalar va quyosh energiyasini kengaytirishda yuqori salohiyatga ega. Olingan natijalar asosida milliy iqtisodiyotni transformatsiya qilish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.



