遇见数据集

BIOMASSA CHIQINDILARI ASOSIDAGI ADSORBENTLARNING METILEN KO'KNI ADSORBSIYALASH IMKONIYATLARI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Ushbu tezisda qishloq xo‘jaligi chiqindilari asosida olinadigan arzon adsorbentlarning oqova suvlarni, ayniqsa metilen ko‘k bilan ifloslangan suvlarni tozalashdagi adsorbsion xususiyatlari tahlil qilingan. Adsorbsiya jarayonining soddaligi, yuqori samaradorligi va nisbatan kam energiya talab qilishi oqova suvlarni tozalashda ushbu usuldan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. An’anaviy faollashtirilgan ko‘mirning nisbatan yuqori qiymati mahalliy, arzon va qayta tiklanuvchi xomashyolardan adsorbentlar olishga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindilarining turli guruhlari, jumladan, o‘simlik tolalari, poyalar, po‘stloqlar va barglar asosidagi adsorbentlarning maksimal adsorbsiya sig‘imi (Qmax), adsorbsiya modeli, pH, harorat va kontakt vaqti bo‘yicha ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, qarag‘ay qubbasi uchun Qmax 872,5 mg/g, sholi poxoli uchun 652,55 mg/g, Broussonetia papyrifera tolasi uchun 520 mg/g, Broussonetia papyrifera va eman barglari uchun esa 500 mg/g qiymatlar qayd etilgan. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi chiqindilarini arzon va samarali adsorbentlarga aylantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务