遇见数据集

SOVET VA MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEK XALQINING KUNDALIK HAYOTI. MILLIYLIK VA O'ZGARISHLAR

收藏
Zenodo2026-01-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola sovet va mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining kundalik hayotini tarixiy-taqqosiy tahlil asosida yoritadi. Unda sovet davrida yashash tarzi, mehnat madaniyati, oilaviy munosabatlar, bo‘sh vaqt madaniyati va mahalla instituti orqali milliy qadriyatlarning yashirin saqlanishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida milliylikning ochiq tiklanishi, ona tili, urf-odatlar, diniy va bayram marosimlarining kundalik hayotga integratsiyasi, bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari ta’sirida turmush tarzidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi, madaniy merosi va kundalik hayotdagi zamonaviy tendensiyalarni birlashtirgan holda, milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini anglashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari, shuningdek, o‘zbek jamiyatining ijtimoiy barqarorligi va madaniy rivojlanishini tushunish uchun muhim manba sifatida qaraladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务