SUG'ORISH NASOS STANSIYALARINING ENERGETIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Qishloq xo‘jaligida sug‘orish tizimlari agrar sohaning barqarorligi va hosildorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘orish tizimlarini tanlashda ekin maydonlarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda mahsulot sifatini oshirish asosiy mezonlardan hisoblanadi. Sug‘orish nasos stansiyalarida qo‘llaniladigan nasos qurilmalari suv harakatini ta’minlovchi asosiy element bo‘lib, sug‘orish samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri sanaladi. Nasos tanlash jarayonida suv sarfi, suvni uzatish masofasi, balandlik farqi va gidravlik ko‘rsatkichlar kabi texnik parametrlar hisobga olinadi. Energetik samaradorlik sug‘orish nasos stansiyalarining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Nasoslarning elektr energiyasi iste’moli iqtisodiy hamda ekologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Energiya samaradorligini oshirish sug‘orish tizimlarining umumiy ekspluatatsion xarajatlarini kamaytirish bilan bir qatorda, atrof-muhitga salbiy ta’sirni ham qisqartiradi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion nasos konstruksiyalari kam energiya sarflagan holda yuqori hajmda suv uzatish imkonini yaratadi. Shu sababli sug‘orish nasos stansiyalarida qo‘llaniladigan nasoslarning energetik samaradorligini o‘rganish qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishonchli va barqaror nasos tizimlari ekologik muvozanatni saqlash bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi sug‘orish nasos stansiyalarida qo‘llaniladigan nasos qurilmalarining samaradorligi va energiya tejamkorligini tahlil qilish orqali barqaror qishloq xo‘jaligi rivojiga ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.



