遇见数据集

PHP DASTURLASH TILIDA MATEMATIK MISOLLARNI AVTOMATIK TEKSHIRISH TIZIMINI YARATISH METODIKASI

收藏
Zenodo2026-05-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada PHP dasturlash tilida matematik misollarni avtomatik tekshirish tizimini yaratish metodikasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilib, matematik topshiriqlarni avtomatik tekshirishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. PHP dasturlash tilining server tomoni imkoniyatlari asosida foydalanuvchi tomonidan kiritilgan javoblarni qayta ishlash, natijalarni avtomatik baholash va xatolarni aniqlash mexanizmlari tahlil etilgan. Shuningdek, tizim orqali o‘quvchilarning bilim darajasiga mos individual topshiriqlarni shakllantirish, natijalarni monitoring qilish hamda interaktiv ta’lim muhitini tashkil etish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada matematik misollarni avtomatik tekshirish tizimining o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va dasturlashga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari PHP asosidagi avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务