遇见数据集

MUSIQAVIY-RITMIK MASHG'ULOTLARDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

收藏
Zenodo2026-08-11 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy-ritmik faoliyatini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilingan. Musiqaviy-ritmik mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning ritmni his etishi, musiqani tinglash va idrok qilish qobiliyati, harakatlarni muvofiqlashtirish, ijodiy fikrlash, estetik did hamda jamoada faoliyat olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot nazariy xarakterga ega bo‘lib, unda pedagogik, psixologik va musiqiy ta’limga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, tizimlashtirish va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar sifatida interfaol, o‘yinli, muammoli, axborot-kommunikatsion, loyiha va kreativ texnologiyalarning musiqaviy-ritmik mashg‘ulotlardagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Tahlil natijasida musiqani harakat, o‘yin va ijodiy topshiriqlar bilan uyg‘unlashtirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotdagi faolligini oshirish hamda musiqiy-ritmik ko‘nikmalarni izchil shakllantirish uchun samarali metodik vosita ekanligi asoslangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务