INSON VA SUN'IY INTELLEKT MULOQOTIDA NOVERBAL VOSITALARNING PRAGMATIK FUNKSIYALARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu maqolada inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi muloqotda nigoh, yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishora, tana holati va boshqa noverbal signallarning pragmatik vazifalari inson–kompyuter hamda inson–robot interaksiyasi doirasida tahlil qilinadi. Ochiq universitet repozitoriylarida mavjud dissertatsiyalar asosida noverbal vositalarning referensial yo‘naltirish, muloqotni boshqarish, teskari aloqa, affektiv holatni ifodalash, ijtimoiy yaqinlikni shakllantirish, ishonch va jalb etilganlikni kuchaytirish kabi funksiyalari yoritiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt tizimlarida noverbal xatti-harakatning samaradorligi alohida signalning tashqi ko‘rinishiga emas, balki uning verbal mazmun, vaziyat, foydalanuvchi reaksiyasi va muloqotning umumiy maqsadi bilan pragmatik muvofiqligiga bog‘liq.



