遇见数据集

VIRTUAL AKTIVLAR – VORISLIK OB'EKTI SIFATIDA: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIK

收藏
Zenodo2026-02-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan virtual aktivlarning vorislik ob’ekti sifatidagi huquqiy maqomi kompleks tahlil qilinadi. Virtual aktivlarning mulkiy va nomulkiy xususiyatlari, ularning meros huquqi tizimidagi o‘rni hamda shaxsiy huquqlar bilan o‘zaro bog‘liqligi yuridik jihatdan asoslab beriladi. Inson huquqlari va mulkiy manfaatlarni himoya qilishning xalqaro mexanizmlari Germaniya va AQSH sud amaliyoti misolida o‘rganilib, raqamli vorislik institutining zamonaviy tendensiyalari yoritiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining, xususan 1113-moddasi normalari tanqidiy tahlil qilinib, virtual aktivlar bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqlar aniqlanadi. Mazkur bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida milliy qonunchilikka kiritilishi lozim bo‘lgan ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot jarayonida taqqoslash, mantiqiy-huquqiy va normativ tahlil metodlaridan foydalanilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务