BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN YARATISHGA O'RGATISH TEXNOLOGIYASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning matn yaratish kompetensiyasini rivojlantirishning muhimligi va samarali metodik yondashuvlari ilmiy asosda tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy o‘quv dasturiga muvofiq, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma nutqni shakllantirish, matnni tahlil qilish va qayta yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Maqolada matn yaratish kompetensiyasi tushunchasi tahlil qilinib, uning savodxonlik, nutq madaniyati va ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi roli ta’kidlangan. Shuningdek, rasm, tayanch so‘zlar va reja asosida matn yaratish texnologiyalari kabi metodik yondashuvlar o‘quvchilarning nutqiy va tafakkuriy faoliyatini rivojlantirishdagi samaradorligi ilmiy asoslarda ko‘rsatilgan.



