遇见数据集

O'TKIR APPENDITSIT. ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA ALGORITMLARI, DIFFERENSIAL YONDASHUV VA KAM INVAZIV JARROHLIK TEXNOLOGIYALARINING KLINIK-PROGNOSTIK SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-02-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu keng qamrovli ilmiy maqola shoshilinch abdominal xirurgiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan o‘tkir appenditsitni (OA) tashxislash va davolashning zamonaviy jihatlarini qamrab oladi. Tadqiqotda an’anaviy ochiq appendektomiya va zamonaviy videolaparoskopik texnologiyalarning klinik samaradorligi, operatsiyadan keyingi asoratlar darajasi hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida (RShTYoIM) to‘plangan ko‘p yillik tajribalar asosida diagnostika xatolarini minimallashtirish va "salbiy appendektomiya" ko‘rsatkichini kamaytirish yo‘llari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari laparoskopik appendektomiyaning destruktiv appenditsit shakllarida ham yuqori terapevtik va iqtisodiy rentabellikka ega ekanligini, asoratlar xavfini sezilarli darajada pasaytirib, reabilitatsiya davrini qisqartirishini ilmiy jihatdan asoslab beradi. Maqolada shuningdek, diagnostika qiyin bo'lgan holatlarda MSKT va ultratovush tekshiruvining qiyosiy ahamiyati yoritilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务