遇见数据集

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ҚУЛАЙ ИНВЕСТИЦИЯВИЙ МУҲИТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ШАРТИ СИФАТИДА БЛАНКЕТ ДИСПОЗИЦИЯЛИ ЖИНОЯТ ТАРКИБЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ: ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖИНОЯТ КОДЕКСИНИНГ 190-МОДДАСИ ТАҲЛИЛИ

收藏
Zenodo2026-05-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolaning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi amaldagi tahriri, ya’ni litsenziyasiz, ruxsat beruvchi hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan faoliyat yuritganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi, ultima ratio, huquqiy aniqlik, mutanosiblik tamoyillari hamda qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha strategik vazifalarga qanchalik mos kelishini aniqlashdir. Tadqiqotda normativ-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, institutsional va kontent-tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 190-moddaning asosiy muammosi blankет usulning o‘zida emas, balki jinoiy-huquqiy ta’sirning xavflilik darajasi turlicha bo‘lgan xabarnoma, ruxsat va litsenziya rejimlariga bir xil tatbiq etilishidadir. Bundan tashqari, jinoiy javobgarlik asosan daromad miqdoriga bog‘langan bo‘lib, real zarar yoki muhofaza qilinadigan manfaatlarga aniq xavf yetkazilganini isbotlash ikkinchi planga suriladi. Maqolada daromad huquqbuzarlik ko‘lamining belgisi bo‘lishi mumkinligi, biroq u zararning o‘rnini bosa olmasligi asoslanadi. Ilmiy yangilik 190-moddaning jinoiy-huquqiy va institutsional-iqtisodiy tahlilini birlashtirish hamda regulyator qoidabuzarliklarni kriminalizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilishining besh bosqichli testi taklif etilishida namoyon bo‘ladi. Amaliy ahamiyat esa 190-moddani qayta tuzish modeli – xabarnoma va ruxsatga oid buzilishlarni dekriminalizatsiya qilish, jinoiy javobgarlikni esa faqat yuqori xavfli litsenziyalanadigan faoliyat turlarigagina, katta zarar yoki og‘ir oqibatlar xavfi mavjud bo‘lgan hollarda сақлаб qolish – ishlab chiqilganidadir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务