BAHOLASH VA DIAGNOSTIKA JARAYONIDA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA AVTOMATLASHTIRILGAN YECHIMLAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada baholash va diagnostika jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan avtomatlashtirilgan yechimlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt algoritmlarining ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va xulosa chiqarishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Avtomatlashtirilgan baholash tizimlarining aniqlik, tezkorlik va subyektivlikni kamaytirishdagi afzalliklari asoslab beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi diagnostika yechimlarining ta’lim, tibbiyot va boshqaruv sohalaridagi amaliy qo‘llanilishi hamda ularning samaradorligini oshirishdagi roli ochib beriladi. Tadqiqot natijalari baholash va diagnostika jarayonlarini raqamlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.



