BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA GAMIFIKATSIYA TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda boshlangʻich ta'lim bosqichida oʻqish savodxonligini rivojlantirishda va darslarni tashkil etishda gamifikatsiya elementlarini qoʻshishning ahamiyatli jihatlari yoritilgan. Gamifikatsiya texnologiyasini ta’lim jarayonidagi o‘rni beqiyos - o‘yin elementlarini, ball, reyting, rag‘bat, o'yinga asoslangan viktorinalar, bosqichma-bosqich topshiriqlar, raqamli o‘yin platformalari va musobaqa muhitini kiritish orqali o‘quvchilarning faolligi va ichki motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. Gamifikatsiya – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilarni rag‘batlantirish, ularning faol ishtirokini oshirish va motivatsiyasini kuchaytirish uchun o‘yin elementlarini qo‘llash usulidir. Gamifikatsiya- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish o‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish, dars jarayonini interfaol va samarali tashkil etish imkonini berish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasi va faolligini oshiruvchi zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ma’lum qilingan. Shuningdek turli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, gamifikatsiya texnologiyasidan foydalanish o‘qish darslarining pedagogik samaradorligini sezilarli oshirishi tahlil qilingan.



