IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN NEOLOGIZMLARNING LINGVISTIK VA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar orqali ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan neologizmlarning lingvistik xususiyatlari hamda ularni sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida Telegram, Instagram, TikTok, Facebook va YouTube platformalarida faol qo‘llanayotgan inglizcha birliklarning o‘zbek tiliga moslashuv jarayonlari leksik-semantik, pragmatik va morfologik jihatdan o‘rganildi. Shuningdek, sun’iy intellekt va korpus texnologiyalarining neologizmlarni aniqlash, tasniflash va semantik tahlil qilishdagi imkoniyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, inglizcha neologizmlar zamonaviy o‘zbek internet diskursining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular tilning lug‘aviy tarkibini boyitish bilan birga kommunikativ jarayonlarning tezlashuviga ham xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ayrim neologizmlar milliy til me’yorlariga ta’sir ko‘rsatishi ham kuzatildi. Tadqiqot natijalari raqamli lingvistika, kompyuter lingvistikasi va zamonaviy diskurs tadqiqotlari uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.



