遇见数据集

NEFT-GAZ SANOATIDA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV TIZIMLARI

收藏
Zenodo2026-02-03 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada neft-gaz sanoatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining nazariy asoslari, tuzilmasi va amaliy ahamiyati ilmiy-tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda avtomatlashtirish texnologiyalarining texnologik jarayonlarni real vaqt rejimida monitoring qilish, boshqarish va optimallashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. PLC, SCADA va DCS tizimlarining integratsiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish hamda sanoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, sanoat interneti (IIoT), sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan uyg‘unlashuvi ishlab chiqarish jarayonlarining ishonchliligini oshirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari neft-gaz sanoatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini mahalliy sharoitga mos holda joriy etish va takomillashtirish zarurligini asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-03
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务