遇见数据集

BOZOR VA TAVAKKALCHILIK: IQTISODIY QARORLARDA XAVF, NOANIQLIK VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-05-09 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada bozor munosabatlari sharoitida tavakkalchilikning iqtisodiy mohiyati, uning kelib chiqish omillari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Bozor narx, talab, taklif, raqobat, axborot va institutsional tartiblar orqali shakllanadigan murakkab tizim bo‘lib, unda har bir qaror ma’lum darajada noaniqlik bilan bog‘liq. Tavakkalchilik esa aynan shu noaniqlik sharoitida foyda olish imkoniyati va zarar ko‘rish ehtimoli o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Maqolada bozor tavakkalchiligining narx, likvidlik, kredit, operatsion, texnologik va institutsional ko‘rinishlari yoritilib, ularni kamaytirish bo‘yicha diversifikatsiya, sug‘urta, shartnomaviy himoya, axborot tahlili va strategik rejalashtirish usullari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bozor subyektlari uchun tavakkalchilikni butunlay yo‘qotish emas, balki uni hisoblash, baholash va ongli boshqarish muhim ekanini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务