UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O'QITISHDA O'QUV MATERIALLARI SAMARADORLIGINI MONITORING QILISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda foydalanilayotgan o‘quv materiallari samaradorligini monitoring qilishning zamonaviy mexanizmlari ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya fani o‘quv materiallarining didaktik, metodik, texnologik va natijaviy samaradorligini kompleks baholashga xizmat qiluvchi monitoring tizimini ilmiy asoslash hamda uning ta’lim sifatini boshqarishdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan va raqamli pedagogika yondashuvlari asosida ilmiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, monitoring, ekspert baholash, qiyosiy tahlil, pedagogik diagnostika hamda statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijasida jismoniy tarbiya fanida o‘quv materiallari samaradorligini baholashning didaktik, metodik, texnologik va natijaviy komponentlarni qamrab oluvchi integrallashgan monitoring modeli ishlab chiqildi. Shuningdek, monitoring indikatorlari tizimi, baholash mezonlari hamda raqamli monitoring algoritmi taklif etildi. Tadqiqot natijalari monitoringning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish o‘quv materiallari sifatini muntazam takomillashtirish, pedagogik qarorlarni dalillarga asoslangan holda qabul qilish, ta’lim jarayonini optimallashtirish hamda o‘quvchilarning jismoniy va tayanch kompetensiyalarini samarali rivojlantirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan ilmiy-metodik yondashuv umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanining o‘quv-metodik ta’minotini modernizatsiya qilish, ta’lim sifatini uzluksiz monitoring qilish va pedagogik boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion model sifatida tavsiya etiladi.



