QORIN BO'SHLIG'I TRAVMALARIDA KECHIKKAN ASORATLARNING KLINIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Qorin bo‘shlig‘i travmalari shoshilinch jarrohlik amaliyotida muhim o‘rin tutadi. Travmadan keyingi dastlabki davrda hayot uchun xavfli qon ketish, parenximatoz a’zolar shikastlanishi va ichki a’zolarning perforatsiyasi aniqlanishi mumkin. Biroq ayrim shikastlanishlar klinik jihatdan yashirin kechib, bir necha soat, kun yoki hatto haftalardan keyin asoratlar bilan namoyon bo‘ladi. Kechikkan asoratlar qatoriga ichak perforatsiyasi, ikkilamchi peritonit, qorin bo‘shlig‘i abssessi, ichak tutilishi, ichak strikturasi, tutqich tomirlarining shikastlanishi natijasidagi ichak ishemiyasi, gematoma, biliyar oqma va kechki qon ketishlar kiradi. Ushbu maqolada qorin bo‘shlig‘i travmalaridan keyingi kechikkan asoratlarning patogenezi, klinik xususiyatlari, diagnostik mezonlari, davolash tamoyillari va profilaktikasi yoritilgan. Ayniqsa, dastlabki kompyuter tomografiyasi natijasi noaniq bo‘lgan bemorlarda takroriy klinik tekshiruv va zarurat bo‘lganda takroriy kompyuter tomografiyasining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.



