遇见数据集

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO'JALIGI TASHKILOTI (FAO): PRINSIPAL-AGENT NAZARIYASI ASOSIDA TAHLIL

收藏
Zenodo2026-07-13 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ikkinchi jahon urushidan keyingi ochlik xavfini bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan FAO global oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi 80 yildan ortiq faoliyati davomida institutsional samaradorligi borasida jiddiy tanqidlarga duch kelmoqda. Ushbu maqolada FAO faoliyati xalqaro munosabatlardagi prinsipal-agent nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, tashkilotning asosiy muammosi tashqi omillarda emas, balki uning ichki tuzilmasida bo’lib, 193 nafar a'zo davlat, donorlarning maqsadli mablag'lari va nazoratning zaifligi FAOni sekin-asta o'z mandatidan chetlashtirib, "hammaga hamma narsani va'da qiladigan, lekin hech narsani bajara olmaydigan" tuzilmaga aylantirgan. Ushbu maqolada Sifat tadqiqot metodologiyasi asosida FAOning boshqaruv organlari, byudjet tizimi va qaror qabul qilish jarayonlari tahlil qilinib, mandat kengayishi (mission creep) va moliyaviy qaramlik kabi hodisalar aniq misollar bilan ochib beriladi. Maqola oxirida tashkilotni qayta jonlantirish uchun mandatni qisqartirish, majburiy badallarni oshirish va boshqaruv nazoratini kuchaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ham taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari xalqaro tashkilotlarning nima uchun ko'pincha o'z maqsadidan uzoqlashib qolishini tushunish uchun muhim manba bo’lib xizmat qiladi

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务