INGLIZ VA NEMIS TILLARIDA METAFORALARNING LINGVOKOGNITIV TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ingliz va nemis tillarida metaforalarning lingvokognitiv xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda metafora faqat badiiy-ifodaviy vosita sifatida emas, balki inson tafakkurining muhim kognitiv mexanizmi sifatida talqin etiladi. Lingvokognitiv yondashuv asosida metaforalarning konseptual tuzilishi, ularning abstrakt tushunchalarni anglashdagi roli hamda til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqligi yoritib beriladi. Ingliz va nemis tillaridagi metaforalar umumiy kognitiv modellar asosida shakllangan bo‘lsa-da, ularning qo‘llanilishi va semantik xususiyatlari milliy-madaniy tafakkur bilan bog‘liq holda farqlanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, kognitiv lingvistika va tarjima nazariyasi uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.



