遇见数据集

XORAZM MINTAQASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA EKOTURIZM KLASTERLARINING OʻRNI

收藏
Zenodo2026-07-18 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Xorazm mintaqasida pasttekislik relyefi, suv resurslarining notekis taqsimlanishi va antropogen bosimning oshishi ekoturizm klasterlarini joylashtirishda fazoviy aniqlikni talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi viloyatning tabiiy-geografik sharoitlariga tayangan holda ekoturizm klasterlari uchun eng maqbul hududlarni aniqlash va ularning barqaror rivojlanishdagi rolini baholashdan iborat boʻldi. Tahlilda GIS (geoinformatsion tizimlar), masofadan zondlash maʻlumotlari, NDVI, EVI va LST indekslari, shuningdek DEM va SRTM asosidagi topografik qatlamlar qoʻllanildi; hududlar koʻp mezonli fazoviy baholash va tasniflash yoʻli bilan taqqoslandi. Olingan natijalar ekoturizm klasterlari uchun qulay zonalar suv bilan taʻminlangan, relʻefi nisbatan barqaror va yashil qoplami saqlangan uchastkalarda jamlanganini koʻrsatdi. Tasniflash aniqligini baholashda p<0,05 darajasida sezilarli farqlar kuzatildi, yakuniy sintezda esa p=0,021 boʻyicha hududlar oʻrtasida aniq fazoviy tafovut tasdiqlandi. Ushbu natijalar klaster joylashuvini tanlashda ekologik cheklovlar va rekreatsion salohiyatni bir vaqtda hisobga olish zarurligini koʻrsatadi. Ilmiy hissa sifatida Xorazm uchun GIS va masofadan zondlashga tayangan hududiy baholash modeli ishlab chiqildi, u ekologik barqarorlik va turizm rejalashtirishini bogʻlovchi amaliy fazoviy asos boʻlib xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-18
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务