遇见数据集

PAEONIA LACTIFLORA VA GINKGO BILOBA O'SIMLIKLARINING FITOKIMYOVIY TAHLILI HAMDA FARMATSEVTIK KO'RSATKICHLARINI BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-02-05 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tadqiqot Paeonia lactiflora va Ginkgo biloba dorivor o‘simliklarining fitokimyoviy tarkibini tahlil qilish hamda ularning farmatsevtik ko‘rsatkichlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Paeonia lactiflora o‘simligining ildizlari va Ginkgo biloba o‘simligining barglari xomashyo sifatida tanlab olindi. Fitokimyoviy tahlillar davomida flavonoidlar, fenolik birikmalar, glikozidlar, saponinlar va boshqa biologik faol moddalarning mavjudligi aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Ginkgo biloba barglari flavonoidlar va fenolik birikmalarga boy bo‘lib, uning antioksidant va vazoprotektiv xususiyatlarini izohlaydi. Paeonia lactiflora ildizlarida esa monoterpen glikozidlari, xususan paeoniflorinning yuqori miqdorda aniqlanishi o‘simlikning yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’siri bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Farmatsevtik ko‘rsatkichlarni baholash natijasida har ikkala o‘simlik xomashyosi farmakopeya talablariga mos ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar Paeonia lactiflora va Ginkgo biloba o‘simliklaridan tayyorlanadigan fitopreparatlarning farmatsevtik amaliyotda qo‘llanishini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务