BO'LAJAK PEDAGOGLARNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda texnologik kompetentlik tushunchasining mazmuni, raqamli ta’lim muhiti bilan o‘zaro bog‘liqligi, bo‘lajak pedagogning kasbiy tayyorgarligidagi ahamiyati hamda mazkur kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi didaktik, metodik, texnologik, diagnostik va refleksiv omillar yoritiladi. Shuningdek, raqamli ta’lim platformalari, interaktiv elektron resurslar, sun’iy intellekt yordamchilari, o‘quv analitikasi va monitoring vositalaridan foydalanish bo‘lajak pedagoglarning darsni loyihalash, elektron kontent yaratish, ta’lim natijalarini baholash va kasbiy faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi asoslab beriladi. Maqolada raqamli ta’lim muhitida texnologik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimlashtirilib, ularning ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyati ochib beriladi.



