ICHAK–MIYA O'QI VA NEYROMEDIATORLAR: ICHAK MIKROBIOMASINING SEROTONIN, GABA VA DOFAMIN ALMASHINUVIGA TA'SIRI HAMDA RUHIY SALOMATLIKDAGI AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ichak–miya o‘qi doirasida ichak mikrobiomasining neyromediatorlar — serotonin, GABA va dofamin almashinuvidagi roli zamonaviy nuqtai nazardan tahlil qilingan va uning ruhiy salomatlikdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Ichak va miya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqaning asosiy yo‘llari — nerv (adashgan nerv va enteral nerv tizimi), neyroendokrin (gipotalamus–gipofiz–buyrak usti o‘qi), immun (sitokinlar) va metabolik (qisqa zanjirli yog‘ kislotalari, triptofan metabolitlari) yoritilgan. Organizmdagi serotoninning qariyb 90% i ichakda enterokromaffin hujayralar tomonidan, mikrobiota nazorati ostida sintezlanishi, Lactobacillus va Bifidobacterium avlodi bakteriyalari esa GABA ishlab chiqarib, dofaminergik tizimga ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatilgan. Disbiozning depressiya va xavotir bilan bog‘liqligi hamda psixobiotiklar, parhez va fekal mikrobiota transplantatsiyasi istiqbollari muhokama etilgan. Nazoratli klinik tadqiqotlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlangan.



