遇见数据集

O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDAGI ANTONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI.

收藏
Zenodo2026-04-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollarida uchraydigan antonimlarning leksik-semantik xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lgan maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari hamda ijtimoiy munosabatlarini o‘zida mujassam etgan muhim til birliklaridan hisoblanadi. Ushbu maqollarda qo‘llaniladigan antonimlar esa fikrni yanada aniq, ta’sirchan va obrazli ifodalashga xizmat qiluvchi muhim leksik vositalardan biridir. Antonimlar orqali qarama-qarshi tushunchalar o‘zaro solishtirilib, muayyan hayotiy haqiqatlar yanada yorqinroq ochib beriladi. Tadqiqot davomida antonimlarning o‘zbek maqollaridagi qo‘llanish xususiyatlari, ularning semantik guruhlari hamda nutqdagi funksional vazifalari misollar asosida yoritiladi. Xususan, sifat, fe’l va ravish turkumlariga oid antonimlarning maqollar tarkibida qanday ishlatilishi, ular orqali qanday ma’no ziddiyatlari yuzaga kelishi tahlil etiladi. Shuningdek, antonimlarning maqol tuzilishidagi o‘rni, ularning parallel konstruktsiyalar hosil qilishdagi roli va mazmunni kuchaytirishdagi ahamiyati alohida e’tibor qaratiladi. Maqollarda “yaxshi – yomon”, “katta – kichik”, “erta – kech”, “do‘st – dushman” kabi qarama-qarshi juftliklar orqali inson hayotiga oid muhim xulosalar chiqarilishi ko‘rsatib beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务