遇见数据集

ALKALOZ FONIDA EOZINOFILLARNING YALLIG'LANISH O'CHOG'IGA KO'CHISHI VA YOPISHISH MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-04-07 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqola alkaloz (qon pH darajasining 7.45 dan yuqoriga ko‘tarilishi) fonida eozinofil granulotsitlarning yallig‘lanish o‘chog‘iga migratsiyasi va yopishish (adhesive) mexanizmlariga bag‘ishlangan. Eozinofillar allergik kasalliklar, parazitar invaziyalar va turli yallig‘lanish jarayonlarining asosiy effektor hujayralari hisoblanadi. So‘nggi o‘n yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qonning kislota-ishqor muvozanatining buzilishi, xususan alkalotik holatlar, immun hujayralarining funksional faolligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ammo, alkalozning eozinofillar migratsiyasi va yopishish xususiyatlariga aniq ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Mazkur sharhda alkalozning hujayra ichi pH darajasiga, yopishish molekulalarining (integrinlar, selektinlar, immunoglobulinlar oilasi) ekspressiyasiga va xemokin retseptorlarining (CCR3, CXCR4) faolligiga ta’sir mexanizmlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, alkalotik muhitda eozinofillarning endotelial hujayralarga yopishishining asosiy bosqichlari - rolling, turg‘un yopishish va transmigratsiya jarayonlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, alkaloz eozinofillarda integrinlarning (VLA-4, Mac-1, LFA-1) konformatsion o‘zgarishlariga olib kelib, ularning ligandlarga (VCAM-1, ICAM-1) yaqinlashish darajasini oshiradi. Bundan tashqari, alkalotik muhitda eozinofillarning yallig‘lanish o‘chog‘iga xemotaksisi kuchayishi aniqlangan. Ushbu maqola nafaqat fundamental immunologiya, balki klinik allergologiya, pulmonologiya va reanimatologiya sohalari uchun muhim ahamiyatga ega, chunki alkaloz ko‘plab kritik holatlar (giperventilyatsiya sindromi, metabolik alkaloz, qusish, diuretiklarni qo‘llash)da kuzatiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务