遇见数据集

QIZILQUM FOSFORIT RUDALARINI SELEKTIV ERITISH USULI ASOSIDA BOYITISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ ETISH

收藏
Zenodo2026-05-07 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqot past navli fosforit xom ashyolarini boyitishda selektiv eritish usulining samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sirka kislotasidan reagent sifatida foydalanilib, karbonatlar, kaliy va alyuminiy tutuvchi birikmalarni tanlab eritish orqali fosfor miqdorini oshirish imkoniyati asoslab berilgan. Eksperimental ishlar natijasida selektiv eritish jarayoni fosfor (V) oksidi miqdorini 14 foizdan 22 foizgacha oshirishga xizmat qilishi aniqlangan. Tahlil jarayonida SEM, energiya dispers tahlil, rentgen difraksiyasi, differensial termik tahlil va infraqizil spektroskopiya kabi zamon talablariga mos usullar qo‘llanilgan. Olingan boyitilgan mahsulotlar fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun yaroqli ekanligi tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari selektiv eritish usuli orqali past navli fosforitlarni samarali qayta ishlash va sanoatda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv resurslardan oqilona foydalanish va ekologik jihatdan maqbul texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务