INNOVATSION PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING ROLI VA UNING ILMIY TADQIQOT METODLARI BILAN ASOSLASH IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida integrativ yondashuvning nazariy-metodologik asoslari hamda uning amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Integrativ yondashuvning mohiyati, strukturaviy komponentlari va pedagogik jarayonga ta’siri tizimli tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur yondashuvni ilmiy tadqiqot metodlari yordamida asoslash imkoniyatlari ochib berilib, pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishdagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot davomida nazariy, empirik va statistik metodlardan foydalanilgan bo‘lib, olingan natijalar integrativ yondashuvning ta’lim sifatini oshirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.



