PSIXOLOGIK TRENINGNING ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada psixologik treninglarning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, vazifalari va pedagogik-psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, emotsional barqarorlik va refleksiv tafakkurni rivojlantirishda psixologik treninglarning samaradorligi ilmiy asoslangan holda yoritib beriladi. Maqolada psixologik trening tushunchasining nazariy talqinlari, uning ta’lim amaliyotiga integratsiyalashuv jarayoni, shuningdek, trening texnologiyalarining talaba va o‘quvchilarning shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishiga ta’siri zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida tahlil, umumlashtirish va taqqoslash metodlaridan foydalanilgan. Olingan xulosalar psixologik treninglardan ta’lim muassasalarida maqsadli va tizimli foydalanish zarurligini asoslab beradi hamda ularning ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.



