BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA ROSSIYA IMPERIYASI TA'SIRINING KUCHAYISHI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududida Rossiya imperiyasi ta'sirining bosqichma-bosqich kuchayib borishi tahlil qilinadi. Muallif 1868 va 1873-yillarda tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan protektorat tizimining huquqiy tabiatini ochib beradi, amirlikning tashqi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo'lish jarayonini kuzatadi. Tadqiqotda O'rta Osiyo temir yo'lining qurilishi, paxta xomashyosiga ixtisoslashuv, 1894-yildagi bojxona ittifoqi va pul islohoti kabi omillar amirlik iqtisodiyotini imperiya bozoriga qanday bog'lab qo'yganligi ko'rsatiladi. Shuningdek, 1885-yilda tashkil etilgan Rossiya imperatorlik siyosiy agentligining amir hokimiyati ustidan o'rnatgan nazorat mexanizmlari, rus posyolkalarining paydo bo'lishi va bularning mahalliy ijtimoiy-madaniy muhitga ko'rsatgan ta'siri yoritiladi. Xulosa qismida amirlikning yarim mustamlaka holatiga tushishi uning 1920-yildagi siyosiy inqirozini muqaddam belgilab bergani asoslanadi.



