SANOAT KORXONALARIDA YASHIL TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida yashil transformatsiya jarayonlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda yashil iqtisodiyot konsepsiyasining asosiy tamoyillari, jumladan energiya samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilarni kamaytirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yashil texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, energiya sarfini optimallashtirish va korxonalar raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida Cost-Benefit Analysis (CBA), Return on Investment (ROI) va solishtirma tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yashil transformatsiya qisqa muddatda investitsiya talab qilganiga qaramay, uzoq muddatda barqaror iqtisodiy foyda keltiradi. Xususan, energiya sarfining kamayishi, ishlab chiqarish tannarxining pasayishi va ekologik standartlarga moslashish orqali korxonalar moliyaviy barqarorligini mustahkamlash mumkin. Maqolada sanoat korxonalarida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular barqaror rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.



