JAMOAT TRANSPORTIDA XULQ-ATVOR QOIDALARI: RASMIY VA NORASMIY NORMARNING NAMOYON BO'LISHI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada jamoat transporti muhitida xulq-atvor qoidalari, rasmiy va norasmiy normalarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kundalik amaliyotdagi namoyon bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Rasmiy normalar qonun-qoidalar, yo‘riqnomalar va ma’muriy sanktsiyalar orqali belgilansa, norasmiy normalar ijtimoiy odatlar, axloqiy kutishlar, jamoaviy nazorat va madaniy qadriyatlar asosida shakllanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, transport muhitidagi tartib-intizom nafaqat rasmiy jazo choralari, balki ijtimoiy normativ bosim, o‘z-o‘zini nazorat qilish va kommunikasiya madaniyati orqali ham ta’minlanishi aniqlandi. Maqola shahar transport tizimlarida samarali xulq-atvor boshqaruvi uchun huquqiy va ijtimoiy-psixologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish zarurligini asoslab beradi.



