QORABOSH–SHOVVOZSOY MASSIVINING GEOLOGIK TUZILISHI VA O'RGANILISH TARIXI (CHOTQOL TIZMASINING JANUBI-G'ARBIY TARMOQLARI, O'RTA TYAN-SHAN)
收藏资源简介:
Maqolada O‘rta Tyan-Shanning Chotqol tizmasi janubi-g‘arbiy tarmoqlarida joylashgan Qorabosh–Shovvozsoy massivining geologik o‘rni, intruziv tuzilishi, asosiy jins assotsiatsiyalari, shakllanish bosqichlari va o‘rganilish tarixi mavjud manba materiallari asosida umumlashtirilgan. Hududdagi gabbroid intruzivlari Qumbel–Ugom yoriqlar zonasidan janubi-g‘arbda rivojlangan bo‘lib, Qorabosh, Shovvoz, Oqcha, Belyauti va Qoraarcha kabi massivlar bilan yagona regional magmatik tizim doirasida qaraladi. Avvalgi tadqiqotlarda ushbu hosilalar turlicha formatsion birliklarga — gabbro-peridotit-anortozit, gabbro-piroksenit, gabbro-plagiogranit va subishqorli gabbro–sienodiorit–adamellit–leykogranit qatorlariga kiritilgan. Qorabosh–Shovvozsoy massivining geologik rivojlanishi ko‘p fazali intruziv magmatizm, asos va o‘rta tarkibli jinslarning ketma-ket kristallanishi hamda kechki granitoid fazalar bilan murakkablashgan. Maqolada, shuningdek, massivning yoshi bo‘yicha turli ilmiy qarashlar tahlil qilinib, bu obyektning geologik tuzilishi va genetik mansubligini aniqlashtirish uchun zamonaviy geoxronologik tadqiqotlarning zarurligi asoslangan.



