遇见数据集

KORXONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMLARINING O'RNI

收藏
Zenodo2026-08-15 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi kunda texnologik yangilanishlarning jadallashuvi, ishlab chiqarish sikllarining qisqarishi, mahsulotlarning hayotiy davri tezlashishi hamda iste’molchilar talabining individual va funksional xususiyatlar bo‘yicha murakkablashib borishi korxonalar faoliyatida innovatsion boshqaruvning strategik ahamiyatini keskin oshirmoqda. Zamonaviy raqobat muhitida eksport salohiyatining o‘sishi faqat mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish yoki eksport operatsiyalari hajmini ko‘paytirish bilan belgilanmaydi. Aksincha, korxonaning yangi bilim va texnologiyalarni o‘zlashtirish qobiliyati, boshqaruv qarorlarini tezkor yangilash, ishlab chiqarish jarayonlarini moslashuvchan tashkil etish, yangi mahsulotlarni yaratish va tijoratlashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda resurslardan yuqori samaradorlik bilan foydalanish imkoniyati eksport salohiyatining sifat jihatdan rivojlanishini belgilovchi ustuvor omillardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, xalqaro bozorlarda raqobat mahsulot narxidan tashqari uning funksional xususiyatlari, dizayn yangiligi, ishlab chiqarish tezligi, texnologik murakkabligi, ekologik samaradorligi va buyurtmachining individual talablariga moslashish darajasi bilan ham belgilanayotgan sharoitda innovatsion boshqaruv korxona eksport faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-15
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务