SCA TIZIMI BO'YICHA BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada SCA (Strategic Cost Accounting) tizimi asosida boshqaruv hisobini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari, amaliy qo‘llanish mexanizmlari hamda korxona boshqaruvidagi strategik ahamiyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta’minlashda strategik boshqaruv hisobining o‘rni tobora ortib bormoqda. Tadqiqot davomida iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy tahlil, kuzatish, ekspert baholash, kontent tahlil hamda iqtisodiy modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar asosida SCA tizimining ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarining aniqligini ta’minlashdagi ustunliklari ochib berildi.



