MAMLAKATDA YASHIL MOLIYA INSTRUMENTLARINING INVESTITSION FAOLLIKKA TA'SIRI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Maqolada yashil moliya instrumentlarining mamlakat investitsion faolligiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi — yashil moliya instrumentlarining investitsion faollikka ta’sir kanallarini nazariy asoslash va O‘zbekiston amaliyoti misolida baholashdan iborat. Ishda yashil obligatsiyalar, yashil kreditlar, yashil sukuk, aralash (blended) moliyalashtirish va ESG-fondlar kabi instrumentlar tizimlashtirilgan. O‘zbekistonda yashil moliyaning shakllanish bosqichlari — 2021-yilgi suveren BRM-obligatsiyasi, 2023-yilgi ilk yashil suveren evroobligatsiya va milliy yashil taksonomiyaning qabul qilinishi — tahlil etilgan. Yashil moliyaning investitsion faollikka ta’siri beshta kanal (resurs, kapital qiymati, axborot-signal, xatarni taqsimlash va tarkibiy qayta taqsimlash) orqali izohlangan. Tadqiqotda tahlil va sintez, qiyosiy hamda normativ-huquqiy tahlil usullaridan foydalanildi.



