KORPUS ASOSIDAGI LEKSIK O'QITISHNING SAMARADORLIGI (1-BOSQICH TALABALARI MISOLIDA)
收藏资源简介:
Mazkur maqolada korpus lingvistikasi asosida ingliz tili leksikasini o‘qitishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda korpus texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi. Leksik birliklarni real nutq kontekstida o‘rganish, kollokatsiyalarni aniqlash va ularni kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash talabalarning til o‘zlashtirish jarayonini sezilarli darajada yaxshilashi ilmiy asosda ko‘rsatib berildi. Tadqiqot jarayonida birinchi bosqich talabalari ishtirokida pedagogik tajriba o‘tkazildi va olingan natijalar statistik jihatdan tahlil qilindi. Natijalar korpus asosidagi o‘qitish modeli talabalarning so‘z boyligini oshirish, kontekstual tafakkurini rivojlantirish hamda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali ekanini ko‘rsatdi.



