遇见数据集

ZAMONAVIY OVQATLANISH MUHITIDA ENERGIYA ICHIMLIKLARI VA CHIPS MAHSULOTLARI ISTE'MOLINING O'SMIRLAR ORGANIZMIGA KOMPLEKS GIGIYENIK VA FIZIOLOGIK TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-01-22 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

So‘nggi yillarda zamonaviy ovqatlanish muhitida yuqori kaloriyali, biologik qiymati past bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, xususan energiya ichimliklari va chips mahsulotlarining o‘smirlar orasida keng tarqalishi jamoat salomatligi uchun muhim muammolardan biriga aylandi. O‘smirlik davri organizmning jismoniy, fiziologik, gormonal va psixoemotsional jihatdan jadal rivojlanish bosqichi bo‘lib, bu davrda noto‘g‘ri ovqatlanish salomatlikka uzoq muddatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur maqolada energiya ichimliklari va chips mahsulotlari iste’molining o‘smirlar organizmiga kompleks gigiyenik va fiziologik ta’siri tizimli ravishda o‘rganildi. Tadqiqot davomida energiya ichimliklari va chips mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, ularning markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, metabolik jarayonlar hamda umumiy funksional holatga ta’siri ilmiy adabiyotlar va gigiyenik me’yorlar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, o‘smirlar orasida ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish chastotasi va ovqatlanish odatlari baholanib, salomatlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlashtirildi. Olingan natijalar energiya ichimliklari va chips mahsulotlarining muntazam iste’moli o‘smirlar organizmida funksional buzilishlar, metabolik nomutanosibliklar, yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatining zo‘riqishi hamda ovqatlanish gigiyenasining buzilishi bilan kechishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari o‘smirlar ovqatlanishida ushbu mahsulotlar iste’molini cheklash va sog‘lom ovqatlanish gigiyenasini targ‘ib etish zarurligini asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-22
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务