遇见数据集

TIL VA TAFAKKURNING O'ZARO DIALEKTIK BOG'LIQLIGI

收藏
Zenodo2026-10-31 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Ushbu maqolada til va tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligi umumiy tilshunoslik, falsafa va kognitiv fanlar doirasidagi nazariy qarashlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tilning fikrni ifodalash, tushunchalarni shakllantirish va ijtimoiy tajribani uzatishdagi vazifalarini tafakkurning bilish jarayonlari bilan o‘zaro aloqada o‘rganishdan iborat. E. Sapir, B. L. Whorf, L. S. Vygotskiy va D. I. Slobin qarashlari zamonaviy kognitiv tadqiqotlar bilan qiyoslandi. Natijalar til va tafakkur o‘zaro ta’sir qiluvchi, biroq bir-biriga to‘liq tenglashtirib bo‘lmaydigan hodisalar ekanini ko‘rsatadi. Til insonning tushunchalarni ifodalashi, bilimlarni tartibga solishi va ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, tafakkurning ayrim shakllari tilga bevosita bog‘liq bo‘lmagan idrokiy, tasviriy va amaliy jarayonlar orqali ham namoyon bo‘lishi mumkin. Maqolada til va tafakkur munosabatini o‘zaro ta’sir, nisbiy mustaqillik hamda ijtimoiy rivojlanish tamoyillari asosida tushuntirish taklif etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务