KICHIK BIZNES YURITISHDA SOLIQ IMTIYOZLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur tezisda O'zbekistonda kichik biznesni yuritishda qo'llaniladigan soliq imtiyozlari va preferensiyalarining iqtisodiy mazmuni, ularning tadbirkorlik faolligi hamda biznesning rasmiy sektorda rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. 2026-yilda joriy etilgan yengilliklar, jumladan, aylanmadan olinadigan soliq rejimi, umumiy soliq rejimiga o'tish chegarasining oshirilishi, ayrim faoliyat turlari uchun soddalashtirilgan QQS tartibi hamda AOSdan QQSga ilk bor o'tuvchi subyektlar uchun rag'batlar yoritiladi. Rasmiy statistika va Soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida soliq imtiyozlarining biznes xarajatlarini kamaytirish, aylanmani legallashtirish va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishdagi roli baholanadi. Shu bilan birga, imtiyozlarning manzilliligi, vaqtinchalik xarakteri, soliq bazasiga ta'siri va noto'g'ri foydalanish xavflari ko'rib chiqilib, soliq siyosatini yanada samarali tashkil etish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.



