遇见数据集

KORONAR QON AYLANISHI VA MIOKARD INFARKTI

收藏
Zenodo2026-05-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy-tadqiqot ishida koronar qon aylanishining buzilishi va uning miokard infarkti rivojlanishidagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot davomida 60 nafar bemor klinik jihatdan kuzatilib, ularning klinik, laborator hamda instrumental ko‘rsatkichlari kompleks ravishda o‘rganildi. Olingan natijalar asosida bemorlarning asosiy qismida kasallik rivojlanishiga ateroskleroz, arterial gipertenziya, qandli diabet va turmush tarziga bog‘liq omillar sabab bo‘lishi aniqlandi. Bundan tashqari, koronar qon aylanishining buzilishi yurak mushagining kislorod bilan ta’minlanishini keskin kamaytirib, nekrotik o‘zgarishlarga olib kelishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari koronar qon aylanishining buzilishi miokard infarktining asosiy patogenetik omili ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi hamda profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务