JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHISINING ALOHIDA EHTIYOJLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA PSIXOLOGIK KOMPITENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI
收藏资源简介:
Zamonaviy ta’lim tizimining eng dolzarb muammolaridan biri bu – inkluziv ta’limni sifatli amalga oshirishdir. Alohida ehtiyojli bolalar (nogironligi bo‘lgan shaxslar) jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida rivojlanishi uchun ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuv talab etiladi. Jismoniy tarbiya darslari nafaqat o‘quvchilarning jismoniy holatini yaxshilash, balki ularning ijtimoiylashuvi, o‘ziga ishonchini orttirishi va psixologik barqarorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Biroq, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab jismoniy tarbiya o‘qituvchilarida maxsus pedagogika va psixologiya sohasidagi chuqur bilimlar yetishmovchiligi kuzatiladi. Shu sababli, ushbu ilmiy tezisda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining alohida ehtiyojli o‘quvchilar bilan ishlashdagi psixologik kompetensiyalarini takomillashtirish texnologiyasi, uning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi o‘qituvchilarning psixologik tayyorgarligini oshirish orqali inkluziv muhitni yaratish va o‘quvchilarning motivatsiyasini rag‘batlantirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.



