RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA SIYOSIY LEGITIMLIK MEXANIZMLARI O'ZGARISHINING NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda raqamli texnologiyalar va elektron boshqaruv vositalarining siyosiy legitimlik mexanizmlariga ko‘rsatayotgan transformatsion ta’siri nazariy-konseptual jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Maks Veberning hokimiyat tipologiyasi, Devid Bitemning normativ-empirik modeli hamda Frits Sharpf va Vivien Shmidtning Input-Output-Throughput konsepsiyalari sintez qilinib, an’anaviy va raqamli legitimlik mexanizmlari qiyosiy o‘rganiladi. Tahlil natijalari raqamlashtirishning ambivalent (ham imkoniyat, ham xavf-xatar) xarakterga ega ekanligini, ya’ni u fuqarolik ishtiroki va davlat xizmatlari samaradorligini oshirish bilan birga, algoritmik yopiqlik (black box) hamda axborot manipulyatsiyasi kabi yangi tizimli zaifliklarni keltirib chiqarishini ko‘rsatadi.



