O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYUTA OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Valyuta operatsiyalari eksport tushumlari, importni moliyalashtirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, banklararo savdolar, jismoniy va yuridik shaxslarning valyuta oldi-sotdi amaliyotlari hamda kurs risklarini boshqarish bilan bevosita bog‘liq. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025-yil yakunlari bo‘yicha ichki valyuta bozori sharhi ma’lumotlari asosida talab va taklif omillari, so‘m kursining tebranuvchanligi, market-meykerlik instituti va dollarlashuv darajasidagi o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqot natijasida valyuta operatsiyalarida raqamli infratuzilmani kengaytirish, shaffof kommunikatsiyani kuchaytirish, risk-menejment tizimini takomillashtirish va mijozlar uchun konvertatsiya jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.



