遇见数据集

BUXGALTERIYA XISOBINING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-02-04 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada buxgalteriya hisobining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyati kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi, raqobat muhitining kuchayishi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida shaffoflikka bo‘lgan talabning ortishi buxgalteriya hisobining iqtisodiy boshqaruvdagi rolini tubdan oshirmoqda. Tadqiqot davomida buxgalteriya hisobining moliyaviy axborot manbai sifatidagi vazifalari, qaror qabul qilish jarayonidagi ahamiyati hamda investorlar, kreditorlar va davlat organlari uchun ishonchli ma’lumotlar taqdim etishdagi funksiyalari yoritib berilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarga moslashuvi, raqamlashtirish jarayonlari va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada buxgalteriya hisobining faqatgina hisob-kitob vositasi emas, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim boshqaruv instrumenti ekanligi ilmiy asosda ochib beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务